Ota-ona nazorati ilovasi

Safy
Safy Parent · Safy Kid
Bola telefoni uchun ota-ona nazorati ilovasi — Safy Parent va Safy Kid. Webase’da uning backend qismini quraman: joylashuv, xavfsiz hududlar, ilova limitlari va SOS.
- Davr
- 2026 — Hozir
- Holat
- Production
- Mobil ilova
- 2
- Backend xizmati
- 3
- Platforma
- 2
Mening hissam
- 01
Safy Parent va Safy Kid ilovalari hamda admin panel uchun backend: mobil API, admin API va fon vazifalari xizmati.
- 02
Telefon raqami (SMS-kod), Google, Apple va Telegram orqali kirish, JWT access/refresh tokenlar.
- 03
Bola qurilmasini QR yoki 6 xonali kod bilan ulash — kod SignalR orqali real vaqtda yetkaziladi.
- 04
Joylashuv va harakat tarixi, xavfsiz hududlar, SOS va hudud hodisalari uchun push-bildirishnomalar (Firebase Cloud Messaging).
- 05
Ekran vaqti va ilova limitlari: kunlik vaqtni hisoblash va limitga yetganda bloklash.
- 06
PostgreSQL sxemasini Liquibase’ga o‘tkazish, unit va integratsion testlar, CI orqali staging’ga deploy.
Stek
- C#
- .NET 10
- ASP.NET Core
- PostgreSQL
- Redis
- SignalR
- Firebase Cloud Messaging
- Liquibase
- Docker
(03) — Mahsulot
Ikki ilova, bitta backend.
Safy — bola telefoni uchun ota-ona nazorati xizmati. Ota-ona o‘z telefoniga Safy Parent’ni, farzandi telefoniga Safy Kid’ni o‘rnatadi; ikkalasi QR yoki 6 xonali kod orqali bir necha soniyada ulanadi.
Shundan keyin ota-ona farzandining joylashuvi va harakat tarixini ko‘radi, xavfsiz hududlar belgilaydi, ekran vaqti va ilovalarga limit qo‘yadi, telefonni masofadan qulflaydi. Bola esa bir bosishda SOS yoki «Meni olib keting» signalini yuboradi.
Men shu xizmatning backend qismini quraman. Asosiy tamoyil oddiy: backend qoidani saqlaydi va yetkazadi, uni esa telefonning o‘zi bajaradi — internet uzilgan paytda ham.
(04) — Qanday ishlaydi
Qoida ota-onadan telefongacha qanday yetadi.
- 01
Ulash
Safy Kid QR va 6 xonali kodni ko‘rsatadi. Kod har 30 soniyada yangilanadi va serverda faqat xesh ko‘rinishida saqlanadi. Ota-ona kodni kiritishi bilan ikkala ilova SignalR orqali bir zumda tasdiq oladi.
- 02
Qoida
Ota-ona limit qo‘yadi yoki telefonni qulflaydi. Backend avval bu niyatni bazaga yozadi, keyin qurilmaga push yuboradi (Firebase Cloud Messaging).
- 03
Bajarish
Qoidani telefonning o‘zi bajaradi. Push yetib bormagan bo‘lsa ham, ilova keyingi sinxronlashda joriy holatni o‘zi so‘rab oladi — qoida yo‘lda yo‘qolmaydi.
- 04
Javob
Telefon amalda nima bo‘lganini qaytaradi: qulflandi, ilova bloklandi, limit tugadi. Ota-ona ikki narsani alohida ko‘radi — o‘zi qo‘ygan qoidani va qurilmadagi haqiqiy holatni.
- 05
Kuzatuv
Safy Kid joylashuvni to‘plam qilib yuboradi: koordinata, aniqlik, vaqt va batareya. Xavfsiz hududga kirish-chiqishni telefon o‘zi aniqlaydi, backend esa bildirishnomani ota-onaning tilida yetkazadi.
(05) — Arxitektura
Uch xizmat, toza qatlamlar.
Backend .NET 10’da, Clean Architecture bo‘yicha yozilgan. Tashqi tizimlar — SMS, push, fayl ombori, kesh — interfeys ortida turadi va har birining «hech narsa qilmaydigan» zaxira varianti bor. Shu tufayli biznes mantiq Firebase’siz ham, SignalR’siz ham test qilinadi.
Mobil API
Ikkala ilova uchun REST API va qurilmani ulash uchun SignalR hub.
Admin API
Admin panel uchun alohida xizmat: foydalanuvchilar va qurilmalar, tarjimalar, ilova versiyalari, audit jurnali.
Fon vazifalari
Jadval bo‘yicha ishlaydigan vazifalar. Xizmatning bir nechta nusxasi ishlab tursa ham, vazifani faqat bittasi bajaradi — buni bazadagi lease yozuvi kafolatlaydi.
Ma’lumotlar
PostgreSQL — asosiy ombor, sxemasini Liquibase boshqaradi. Redis — kesh va SignalR uchun backplane. Fayllar obyekt omborida saqlanadi.
(06) — Qiyin joylar
Mayda ko‘ringan, lekin og‘ir masalalar.
119 / 120 daqiqa
Telefon limitga yetib qulflanar, ota-ona esa 119/120 ni ko‘rardi. Har bir ilovaning vaqti alohida yaxlitlanib, xato yig‘ilib borgan edi. Endi vaqt millisekundlarda saqlanadi, kun yig‘indisi esa bir marta va telefondagi bilan bir xil usulda yaxlitlanadi.
Kun qachon boshlanadi
Barcha vaqtlar UTC’da saqlanadi, lekin «bugun» bola telefonining vaqt mintaqasida hisoblanadi: ekran vaqti kuni uning mahalliy yarim tunida boshlanadi. Kunlik yig‘indi qayta yuborilsa, ustiga yoziladi — takroriy so‘rov hisobni buzmaydi.
Qo‘ldan qo‘lga o‘tgan telefon
Qayta ulangan telefon uchun bo‘sh profil ochilib qolardi. Endi uzilgan profil o‘z tarixi bilan qaytadi; telefon boshqa farzandga berilsa, tarix avvalgi egasida qoladi.
Har bir matn — o‘z tilida
Tarjimalar kodda emas, bazada turadi va keshlanadi; bildirishnoma uni oladigan odamning tilida yoziladi. Kodda ishlatilgan kalit bazaga qo‘shilmagan bo‘lsa, test yiqiladi.
Sxema kimning qo‘lida
Sxemani EF migratsiyalaridan Liquibase’ga o‘tkazdim: baseline jonli bazaning o‘zidan olindi. Ilova endi DDL bajarmaydi, ishga tushganda esa model bilan sxema orasidagi farqni tekshiradi.
Kesh yiqilsa ham ishlaydi
Redis — tezlatgich, haqiqat manbai emas. Keshdagi xato so‘rovni to‘xtatmaydi: ma’lumot bazadan olinadi.
(07) — Sifat
Xatoni foydalanuvchidan oldin ko‘rish.
Biznes mantiq unit testlar, API esa integratsion testlar bilan qoplangan: ular qurilmani ulash jarayonini haqiqiy SignalR mijozi orqali boshidan oxirigacha o‘tkazadi. Yuklama testlari (k6) mingtagacha oilaning odatiy kunini taqlid qiladi.
Ishlab turgan tizimdagi xatolar Telegram’ga keladi: bir xil xatolar birlashtiriladi, maxfiy maydonlar yashiriladi. CI esa faqat o‘zgargan xizmatlarni yig‘adi va chiqaradi.