O‘quv markazlari uchun boshqaruv tizimi
Edufy
O‘quv markazlari va xususiy maktablar uchun boshqaruv tizimi: o‘quvchilar, dars jadvali, davomat, to‘lovlar va shartnomalar. Backend, veb va mobil ilovalarini o‘zim quryapman.

- Davr
- 2026 — Hozir
- Rol
- Backend, veb va mobil
- Modul ilovasi
- 8
- Backend testi
- 3000+
Mening hissam
- 01
Modulli monolit: .NET 10, Clean Architecture va CQRS; har bir modul PostgreSQL’da o‘z sxemasiga ega.
- 02
O‘quv markazi va xususiy maktab bitta yadroda: guruhlar va kurslar yoki sinflar, choraklar va jurnal.
- 03
Dars jadvali: qoralama va tasdiqlangan versiyalar, o‘qituvchi va xona ziddiyatlarini aniqlash.
- 04
Davomat va vasiylarga Telegram xabarlari; ota-ona kabineti va mobil ilova.
- 05
Moliya: oylik hisob-kitob, to‘lovlar, QR kod bilan tekshiriladigan chek va shartnomalar.
- 06
Veb (Vue 3): bitta kod bazasidan sakkizta modul ilovasi; mobil ilovalar React Native’da.
Stek
- C#
- .NET 10
- ASP.NET Core
- EF Core
- PostgreSQL
- Redis
- Keycloak
- Vue 3
- TypeScript
- React Native
- Docker
(03) — Mahsulot
Markazning kundalik ishi — bitta tizimda.
Edufy — o‘quv markazlari va xususiy maktablar uchun boshqaruv tizimi: o‘quvchilar va vasiylar, guruhlar, dars jadvali, davomat, to‘lovlar, cheklar va shartnomalar. Brauzerda ishlaydi va bir nechta filialni bitta tashkilot ichida yuritadi.
Loyihani yolg‘iz quryapman: backend, veb-ilovalar, mobil ilovalar va sayt.
(04) — Dars jadvali
Jadval ziddiyatsiz tuziladi.
Jadval versiyalarda yuritiladi: bitta qoralama va o‘zgarmaydigan tasdiqlangan versiyalar, har biri o‘z kuchga kirish sanasi bilan. Ziddiyatlar saqlab qo‘yilmaydi, jadval har safar o‘qilganda hisoblanadi: o‘qituvchi yoki xona bir vaqtda ikki joyda bo‘lsa, tizim darhol ko‘rsatadi. O‘qituvchi boshqa markazda band bo‘lsa ham ko‘rsatadi — qayerdaligini oshkor qilmasdan.
(05) — Davomat
Davomat — o‘qituvchi telefonidan.
O‘qituvchi bugungi darslarini ochib, o‘quvchilarni belgilaydi; belgilash vaqti server soati bo‘yicha yoziladi. Vasiyga Telegram xabari shu tranzaksiyaning o‘zida navbatga qo‘yiladi, shuning uchun belgi bor-u xabar yo‘q bo‘lib qolmaydi. «Kelmadi» belgisi ikki daqiqa kutadi — o‘qituvchi xatosini tuzatib ulgursin.
(06) — Moliya
Har bir so‘m hisobda.
Oylik to‘lov markaz belgilagan kundan boshlab oldindan hisoblanadi; o‘quvchi oy o‘rtasida qo‘shilsa, muzlatilsa yoki chiqsa, jadvaldagi darslar soniga qarab qayta hisoblanadi. Hisob o‘zgarmas yozuvlar jurnali sifatida yuritiladi: balans — shu yozuvlarning yig‘indisi.
Chek va shartnomadagi QR kod hujjat haqiqiyligini tasdiqlaydi. Shartnomada qo‘shimcha PIN-kod so‘raladi, shaxsiy ma’lumotlar esa yashirilgan holda ko‘rsatiladi.
(07) — Maktablar
Maktab uchun ham o‘sha yadro.
Xususiy maktab uchun kurs va guruhlar o‘rniga sinflar, o‘quv rejasi va choraklar yoqiladi. O‘qitish qismi — dars, jadval, davomat, jurnal — tijorat qismidan ajratilgan, shuning uchun ikkala turdagi tashkilot bitta kod bilan ishlaydi. Elektron jurnal, chorak baholari va ota-ona ilovasi shu asosda qurilgan.
(08) — Arxitektura
Modulli monolit, bitta baza.
Backend — .NET 10’dagi modulli monolit: Clean Architecture va CQRS. Har bir modul PostgreSQL’da o‘z sxemasiga ega; veb va mobil mijozlar uchun alohida API xostlari ishlaydi.
Modullar
Tashkilot, kadrlar, ta’lim, moliya, ota-ona kabineti, hujjat tekshiruvi va boshqaruv — har biri alohida ilova, ma’lumot esa umumiy.
Kirish va ruxsatlar
Kirish Keycloak orqali: ikki bosqichli tasdiqlash va passkey. Bitta login bir nechta tashkilotda ishlay oladi; ruxsat har bo‘limda alohida — hammasini, faqat o‘zinikini yoki hech narsani ko‘rmaslik.
Fon ishlari
Hisob-kitob va xabar yuborish ilova ichidagi worker’larda bajariladi. Bir vaqtda faqat bittasi ishlashini PostgreSQL advisory lock ta’minlaydi.
Veb va mobil
Veb — Vue 3 va TypeScript: bitta kod bazasidan sakkizta modul ilovasi yig‘iladi. Mobil ilovalar React Native’da (Expo) yozilgan.
Sifat
3 000 dan ortiq backend testi. Arxitektura qoidalari ham test bilan tekshiriladi — masalan, kod tashkilot turiga qarab tarmoqlanmasligi.
Yetkazish
Docker va Traefik. GitHub Actions image yig‘adi va testlarni yuritadi, Jenkins chiqaradi: staging’ga avtomatik, production’ga qo‘lda.







