← Barcha startaplar

Android uchun ota-ona nazorati

KidProtectKidProtect

Android uchun ota-ona nazorati: joylashuv, ekran vaqti, ilova limitlari va SOS. Backend qismini, admin panelni va Click hamda Payme orqali to‘lovni o‘zim qurganman.

KidProtect
Davr
2026
Rol
Backend va veb-panel
Android ilova
2
To‘lov tizimi
2
Til
3

Mening hissam

  1. 01

    Parent va Kid ilovalari, admin panel va sayt uchun yagona backend: .NET 10, Clean Architecture, PostgreSQL va Redis.

  2. 02

    Qurilmalarni QR orqali ulash: 6 xonali kod SignalR orqali har 30 soniyada yangilanadi va bir marta ishlatiladi.

  3. 03

    Joylashuv va xavfsiz hududlar, ilovalar ro‘yxati, kunlik limitlar va ekran vaqti statistikasi.

  4. 04

    Masofaviy buyruqlar va ogohlantirishlar (SOS, «Olib keting») — Firebase Cloud Messaging orqali.

  5. 05

    Tariflar, hamyon, Click va Payme orqali to‘lov, hamkorlik dasturi.

  6. 06

    Kirish: Google, ikki bosqichli tasdiqlash va passkey; admin panel orqali boshqaruv.

Stek

  • C#
  • .NET 10
  • ASP.NET Core
  • PostgreSQL
  • Redis
  • SignalR
  • Firebase Cloud Messaging
  • React
  • TypeScript
  • Docker

(03) — Mahsulot

Farzand telefoni ustidan tinch nazorat.

KidProtect — Android uchun ota-ona nazorati xizmati. Ota-ona Parent ilovasidan foydalanadi, bola telefoniga esa Kid ilovasi o‘rnatiladi: xaritada joylashuv, ekran vaqti, ilovalarga limit va blok, SOS hamda «Olib keting» signallari.

Bu mening o‘z loyiham. Backend qismini noldan yozganman, admin panel bilan saytni ham o‘zim yig‘ganman.

(04) — Ilova

Ota-ona ilovada nimani ko‘radi.

Ilova ko‘rsatadigan hamma narsa — ilovalar ro‘yxati, limitlar, ogohlantirishlar, grafiklar — backenddan keladi. Quyidagi ekranlar sinov ma’lumotlari bilan olingan.

Ilovalar ro‘yxati: har bir ilova uchun ruxsat va vaqt limiti
Bildirishnomalar: «Olib keting» so‘rovi va SOS xabari
Haftalik ekran vaqti grafigi va eng ko‘p ishlatilgan ilovalar
Kunlik ekran vaqti: soatlar bo‘yicha grafik

(05) — Qanday ishlaydi

Ulashdan ogohlantirishgacha.

  1. 01

    Ulash

    Kid ilovasi QR va 6 xonali kodni ko‘rsatadi. Kod SignalR orqali har 30 soniyada yangilanadi va faqat bir marta ishlatiladi. Ota-ona uni skanerlashi bilan bola telefoni ulanganidan xabar topadi.

  2. 02

    Qoida

    Blok yoki limit avval bazaga yoziladi, so‘ng Firebase orqali qurilmaga yuboriladi. Push yuborilmasa, o‘zgarish bekor qilinadi — server bilan telefon bir-biridan farq qilib qolmaydi.

  3. 03

    Ma’lumot

    Telefon joylashuv va ilovalardan foydalanish vaqtini yuboradi. 20 metrdan kichik siljishlar tashlab yuboriladi, oflayn yozilgan nuqtalar esa o‘zining haqiqiy vaqti bilan saqlanadi. Kunlik yig‘indi qayta yuborilsa, ustiga yoziladi.

  4. 04

    Ogohlantirish

    SOS, «Olib keting», hududga kirish-chiqish va limit tugashi ota-onaga push bo‘lib keladi va tarixda saqlanadi.

  5. 05

    Obuna

    Tarif ilova ichidagi hamyondan to‘lanadi; hamyon Click yoki Payme orqali to‘ldiriladi.

(06) — Backend

Bitta backend, ikki xizmat.

Backend .NET 10’da, Clean Architecture bo‘yicha yozilgan va ikki xizmat bo‘lib ishlaydi: API va fon vazifalari. PostgreSQL — asosiy ombor; Redis — kesh, qulflar va SignalR uchun backplane.

  • Kirish va xavfsizlik

    JWT va yangilanadigan tokenlar, seanslarni bekor qilish, Google orqali kirish, ikki bosqichli tasdiqlash (TOTP) va passkey.

  • Tarifga bog‘langan ruxsat

    Har bir imkoniyat tarifga bog‘langan. So‘rov bola qurilmasidan kelsa, ota-onasining faol tarifi tekshiriladi.

  • Ikki to‘lov tizimi, bitta hamyon

    Click va Payme turli protokollarda ishlaydi, lekin ikkalasi ham bitta to‘lov seansiga tushadi. Takroriy callback hamyonni ikki marta to‘ldirmasligi uchun seans qulf bilan himoyalangan.

  • Boshqariladigan fon vazifalari

    Jadval (cron) bazada saqlanadi: admin vazifani to‘xtatadi, qo‘lda ishga tushiradi va borishini real vaqtda kuzatadi. Bir vaqtda ikki marta ishga tushmasligi uchun qulf qo‘yiladi.

  • Ilovadan saytga o‘tish

    Ilovadan veb-to‘lov sahifasi qisqa muddatli, bir martalik token bilan ochiladi — qayta login qilish kerak emas.

  • Yetkazish

    Har bir xizmat uchun alohida Docker image, Jenkins pipeline va ishga tushgandan keyingi health check.